1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda paxta hosili bo‘yicha yillik reja 100 foizga bajarildi

Paxtakorlar 3,7 million tonnadan ortiq hosil topshirdi.

O‘zbekistonda paxta hosili bo‘yicha yillik reja 100 foizga bajarildi

25-oktabr holatiga ko‘ra, respublika paxtakorlari tomonidan 3 million 765 ming tonnadan ortiq paxta hosili jamg‘arildi. Shu tariqa joriy yilgi shartnomaviy reja 100 foizga bajarildi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yilgi hosil mavsumi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turdi. Paxta terimi davomida butun mamlakat bo‘yicha deyarli bir tomchi ham yomg‘ir yog‘madi, bu esa dalalarda uzluksiz terim ishlarini olib borish imkonini berdi. Shu bois joriy yilgi mavsumni haqiqiy “oltin kuz” deb atash mumkin.

 

Paxta yetishtirishda fermer va mexanizatorlarning fidokorona mehnati, qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish hamda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilgani yuqori natijalarga erishishga zamin yaratdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика