1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda propan narxi nega oshdi?

Raqobat qo‘mitasiga bunga rasmiy izoh berdi.

O‘zbekistonda propan narxi nega oshdi?

 

 

O‘zbekistonda suyultirilgan gaz — propan narxining oshishi yuzasidan Raqobat qo‘mitasi rasmiy tushuntirish berdi. Qayd etilishicha, bozordagi vaziyat asosan import mahsulot ulushi va uning narxi oshgani bilan bog‘liq. So‘nggi oylarda birja savdolarida o‘rtacha narxlar aynan import propani hisobiga shakllanmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda birja orqali jami 358 ming tonna suyultirilgan gaz sotilgan bo‘lib, uning 61 foizi mahalliy, 39 foizi import mahsulot hissasiga to‘g‘ri kelgan. Biroq avgust oyidan boshlab ichki bozorda mahalliy mahsulot ulushi keskin kamaygan: 2025-yil dekabrida 35 foizga, 2026-yil yanvar oyining o‘tgan qismida esa 10 foizgacha tushib ketgan. Bunga mahalliy gazning asosan aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yo‘naltirilgani sabab bo‘lgan.

 

Raqobat qo‘mitasi mahalliy propan narxi deyarli o‘zgarmaganini ta’kidlaydi. Belgilangan cheklovlar sababli mahalliy mahsulot birjada 1 tonnasi 7 million so‘mdan oshmagan. Import propan esa avval 8 million so‘mgacha shakllangan bo‘lsa, hozirda tadbirkorlar tomonidan boshlang‘ich narxlar oshirilgani sabab o‘rtacha 9–9,5 million so‘mgacha yetgan. Bu dekabr oyiga nisbatan qariyb 20 foiz o‘sish demakdir.

 

Qo‘mita yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi chakana narxlar bo‘yicha doimiy monitoring olib borilayotganini bildirgan. Ayni paytda propanda harakatlanuvchi avtomobillar umumiy transport vositalarining 11 foizini, ushbu yoqilg‘ining umumiy realizatsiyadagi ulushi esa atigi 5 foizni tashkil etadi. Rasmiylar ijtimoiy tarmoqlarda narxlar bo‘yicha asossiz axborot tarqatish bozor muvozanatini buzishi mumkinligini aytib, fuqarolarni bunday xabarlardan tiyilishga chaqirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика