1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti tashkil etildi

Yangi o‘quv yilidan institutda klinik ordinatura ochiladi.

O‘zbekistonda Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti tashkil etildi

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida Reproduktiv tibbiyot assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent shahrida Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti ochildi.

 

2023/2024-o‘quv yilidan ushbu institutda klinik ordinatura tashkil qilinib, reproduktolog, akusher-ginekolog kabi mutaxassislar tayyorlash boshlanadi.

 

Shuningdek, shu yilning o‘zida xorijiy ekspertlardan iborat bo‘lgan reproduktologiya, embriologiya, sitologiya, genetika yo‘nalishlarida ilmiy tatqiqot ishlarini olib boruvchi va ushbu yo‘nalishlarda ilmiy daraja beruvchi ixtisoslashgan Ilmiy Kengash faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Taʼkidlanishicha, ushbu zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash O‘zbekistonda ilk bor yo‘lga qo‘yilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, hozirda  mamlakat aholisi orasida tug‘ilish koeffitsiyenti 3,2 ni tashkil etib, har yili qariyb 1 million nafarga yaqin chaqaloq dunyoga keladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика