1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini keyingi haftadan ishlab chiqarish boshlanadi

O‘zbekistonda Jurabek Laboratories kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan maʼqullandi. Rossiyadan keyingi haftada xom-ashyo kelganidan so‘ng, preparat ishlab chiqariladi va tekshiruv uchun yana markazga yuboriladi.

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini keyingi haftadan ishlab chiqarish boshlanadi

 

 

Jurabek Laboratories kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasi Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan maʼqullandi. Bu haqda kompaniyaning ishlab chiqarish direktori Farrux Lutfullayev maʼlum qildi.

 

Uning taʼkidlashicha, hozirda kompaniya Rossiyadan xom-ashyo kelishini kutmoqda. «Keyingi hafta seshanba yoki chorshanba kuni kelib qolishi kerak. Kelishi bilan ishlab chiqarishni boshlaymiz», — dedi Lutfullayev.

 

Vaksinalar ishlab chiqarilganidan so‘ng, ularning har bir seriyasidan naʼmunalar yana Rossiyaga tekshiruv uchun yuboriladi. Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi ushbu naʼmunalarni maʼqullaganidan so‘nggina, vaksinalar emlash uchun yetkazib beriladi.

 

Yaʼni, keyingi haftada ishlab chiqariladigan vaksinalar faqat avgust oxiriga kelib yetkazib berilishi mumkin.

 

Farrux Lutfullayevning maʼlum qilishicha, hozirga qadar davlat tomonidan kompaniyaga 2 mln doza miqdorida «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarishga buyurtma berilgan. «Ularning 1 mln dozasi birinchi komponent, yana 1 mln dozasi ikkinchi komponent uchun bo‘ladi», — dedi u.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика