1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda Suv kodeksi qabul qilinadi

Hozirda qonun loyihasi takomillashtirilmoqda.

O‘zbekistonda Suv kodeksi qabul qilinadi

Qonunchilik palatasi qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatning suv xavfsizligiga erishish, global suv taqchilligi kuchayib borayotgan davrda barcha iqtisodiyot tarmoqlarining va atrof-muhitning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv infratuzilmasining va sug‘oriladigan yerlarning holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

 

Shu tariqa suvdan foydalanishga doir munosabatlar yaxlit huquqiy hujjatda birlashtirilmoqda.

 

Hozirda masʼul qo‘mitada qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика