1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda yapon investorlari uchun maxsus iqtisodiy zona yaratiladi

Shavkat Mirziyoyev “Sojitz Corporation” rahbarlari bilan uchrashdi

O‘zbekistonda yapon investorlari uchun maxsus iqtisodiy zona yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sojitz Corporation” rahbarlari Masayoshi Fudzimoto va Kosuke Uemurani qabul qildi.

 

Yaponiyaning yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlikni yana-da kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

 

Elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib borayotganini hisobga olib, Sirdaryo viloyatida bug‘-gaz elektr stansiyasini barpo etish loyihasini jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Ko‘p tarmoqli shifoxona, Toshkentning yangi xalqaro aeroporti, shamol elektr stansiyasini qurish va boshqa ustuvor loyihalarga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Tibbiyot klinikalari hamda maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarini modernizatsiya qilish, transchegaraviy “yashil” energiya yo‘lagini barpo etish, mamlakatimiz hududlarida gaz kompressor stansiyalarini yangilash, shuningdek, yapon investorlari uchun maxsus iqtisodiy zona yaratishda korporatsiyaning ishtirok etishi bo‘yicha tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика