1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonga 11 oyda 10,7 million sayyoh tashrif buyurdi

Ichki turizmda 23,7 mln safar amalga oshirildi, infratuzilma kengaytirildi va minglab yangi ish o‘rinlari yaratildi.

O‘zbekistonga 11 oyda 10,7 million sayyoh tashrif buyurdi

 

2025-yilning yanvar–noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, mamlakatimiz turizm sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, barqaror o‘sish sur’atlariga erishildi. Hisobot davrida O‘zbekistonga 10,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Natijada turizm xizmatlari eksporti 4,4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114 va 144 foizni tashkil etdi.

 

Ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida aholining turli hududlarga tashriflari 23,7 million martani tashkil etib, belgilangan reja 114,8 foizga bajarildi.

 

Hududlarda yangi turistik infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Jumladan:

  • 954 ta yangi joylashtirish vositasi ishga tushirildi va ularning umumiy soni 6861 taga yetdi;
  • Joylashuv o‘rinlari sig‘imi 183,9 ming o‘ringa yetkazildi;
  • 662 ta yangi turistik tashkilot va turagentliklar tashkil etildi, jami soni 4348 taga yetdi;
  • Respublika bo‘ylab 4345 nafar gid-ekskursovod faoliyat olib bormoqda, shu davrda 375 nafar yangi gidlar tayyorlandi.

 

Turizm sohasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash doirasida berilgan tavsiyalar asosida 784 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasida sharoitlar yaxshilandi.

 

Investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash natijasida 421 ta loyiha amalga oshirilib, 6313 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

 

2025-yilning 11 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar turizmni mamlakat iqtisodiyotining yetakchi drayverlaridan biriga aylantirib, O‘zbekistonning xalqaro turistik maydondagi raqobatbardoshligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmatlar eksportini kengaytirishga xizmat qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика