Tailandning Bangkok shahrida 22-maydan 1-iyungacha bo‘lib o‘tgan “Thailand Open” xalqaro boks turnirida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqaning final bahslari 1-iyun kuni bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik sportchilar jami 16 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Turnirda jami 18 nafar bokschi ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 16 nafari sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Oltin medal sohiblari:
Shodiyorjon Meliquziev – 50 kg
Faryozbek Do‘smatov – 55 kg
Nusratbek Tohirov – 85 kg
Farzona Fozilova – 48 kg (ayollar)
Aziza Zokirova – 75 kg (ayollar)
Kumush medal sohiblari:
Muhammadazizbek Ismoilov – 70 kg
Javohir Abdurahimov – 75 kg
Sabina Boboqulova – 51 kg (ayollar)
Feruza Kazakova – 54 kg (ayollar)
Bronza medal sohiblari:
Madiyar Daniyarov – 60 kg
Samandar Jalolov – 80 kg
Elyorbek Jo‘raboyev – 90 kg
Abdurahmon Rustamov – +90 kg
Nigina O‘ktamova – 57 kg (ayollar)
Navbahor Hamidova – 65 kg (ayollar)
Oysha Toirova – 70 kg (ayollar)
Musobaqa yakunida O‘zbekiston 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan umumjamoa reytingida yetakchilik qildi. Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston, uchinchi o‘rinni esa mezbon Tailand terma jamoasi egalladi.


