1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zini o‘zi band qiladiganlar ro‘yxati kengaydi

Bu Prezidentning tegishli qarorida belgilab qo‘yildi.

O‘zini o‘zi band qiladiganlar ro‘yxati kengaydi

 

Qarorga ko‘ra, ish beruvchilarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni kasanachi sifatida jalb qilishga ruxsat berildi.

 

Yaʼni, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari (19 ta) ro‘yxati to‘ldirildi.

 

2023-yil 1-martdan 2026-yil 1-yanvargacha 3 oydan ko‘p 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va u asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan ko‘pni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

 

  • foyda va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;

  • ayrim davlat mulkilaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;

  • davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan to‘lov amalga oshiriladi.

 

“Usta-shogird” maktablar o‘quvchilari ijtimoiy soliqni o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘laydi.

 

Kam taʼminlangan oilalarga bolalar puli va moddiy yordam berishda ularning kasanachilik yoki qishloq xo‘jaligiga mavsumiy jalb qilingan 6 oygacha bo‘lgan davrda olgan daromadlari inobatga olinmaydi.

 

Qarorga ko‘ra, Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilib, 2023 yil 1 martdan Jamg‘arma hisobidan:

 

tadbirkorlarga har bir kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi faoliyati uchun 1 oylik daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;

 

tadbirkorlarga quyidagi subsidiyalar ajratiladi:

2025-yil 1-yanvargacha kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish uchun BHMning 30 baravarigacha;

 

kasanachilik asosida uyda ishlayotgan nogironlarning ish joyini moslashtirish uchun BHMning 40 baravarigacha;

 

kasanachilarni kasb-hunarga o‘qitishg uchun BHMning 2 baravarigacha.

 

Hokim yordamchilari tavsiyasi asosida tadbirkorlarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun:

har bir kasanachi uchun 2 mln so‘mgacha, jami 300 mln so‘mgacha yillik 14 foiz, 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha kredit ajratiladi;

Jamg‘arma hisobidan har bir kasanachi uchun 1 mln so‘mgacha, jami 150 mln so‘mgacha 2 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.

2023-yil 1-iyungacha davlat ulushi mavjud savdo majmualari va dehqon bozorlarida hunarmandchilik va kasanachilik rastalari tashkil etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика