1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Papalik taxtiga asosiy daʼvogarlar ro‘yxati eʼlon qilindi

Yangi Papa saylovi siyosiy-dinlararo ahamiyatga ega bo‘ladi.

Papalik taxtiga asosiy daʼvogarlar ro‘yxati eʼlon qilindi

Fransisk Papaning ehtimoliy vorisi sifatida bir necha nomzodlar tilga olinmoqda. Eng asosiy daʼvogarlardan biri — Vatikan davlat kotibi, kardinal Pyetro Parolin, hamda Papaning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili, kardinal Matteo Dzuppidir.

 

Shuningdek, Afrika va Osiyo mintaqalaridan ham nomzodlar bor. Ular orasida Kongodagi Kinshasa arxiyepiskopi Fridolin Ambongo Bezungu va Filippinning sobiq mitropoliti Luis Antonio Gokim Tagle alohida eʼtiborga sazovor.

 

Boshqa ehtimoliy daʼvogarlar sifatida Buyuk Britaniyadan kardinal Timoti Redkliff, AQSHdagi Apostol nunsiusi Kristof Pyer, hamda Vengriyadan kardinal Peter Erdyo ko‘rsatilmoqda. Yangi Papa saylovi katta diqqat va siyosiy-dinlararo ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика