Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi “Lion Park”da sher qafasdan park hovlisiga chiqib ketib, qorovulga tashlangan.
Oqibatda yetkazilgan tan jarohatlari sababli qorovul voqea joyida vafot etgan.
Hozirda voqea yuzasidan prokuratura tomonidan mutaxassislar ishtirokida tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


