1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pashinyan: Qorabog‘dagi Rossiya kuchlariga savollar bor

Armaniston-Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar yana keskinlashmoqda.

Pashinyan: Qorabog‘dagi Rossiya kuchlariga savollar bor

 

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabog‘dagi vaziyatni o‘ta og‘ir deb atadi. Bu haqda u hukumat majlisida gapirgan.

 

Bosh vazir Rossiya tinchlikparvar kuchlariga bir qator savollar borligini aytgan. Xususan, Pashinyan Moskva harbiylaridan vaziyatni keskinlashishiga olib keladigan har qanday vaziyatni oldini olinishini kutayotganini taʼkidlagan.

 

“Armaniston harbiylari Tog‘li Qorabog‘da xizmat qilmayapti”, – degan u.

 

Maʼlumot o‘rnida: 3 avgust kuni Qorabog‘da vaziyat yana keskinlashdi. Ozarbayjon o‘z harbiylarining Lochin koridorida noqonuniy tuzilmalar tomonidan o‘qqa tutilganini maʼlum qilgan. shundan keyin Boku maxsus amaliyot o‘tkazgan va hududdagi bir qator tepaliklarni nazoratga olgan.

 

Har ikki tomon bir-birini 2020 yil 9 noyabrdagi uch tomonlama kelishuvni buzishda aylamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика