Bugun, 29 oktyabr kuni Andijondagi “Bobur” arenasida O‘zbekiston kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda Kamoliddin Tojiyev boshqaruvidagi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Aleksandr Homyakov rahbarlik qilayotgan “Buxoro”ga qarshi maydonga tushdi.
Uyindagi yagona gol ikkinchi taym o‘rtalarda qayd etildi. 63-daqiqada Hojimat Erkinov raqib darvozasini aniq nishonga olib, “Paxtakor”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Qolgan daqiqalarda ham jamoalarning saʼy-harakatlariga qaramay, natija o‘zgarmadi.
Belgilangan vaqt yakuniga yaqin “Buxoro” hisobni tenglashtirgandi, biroq bosh hakam golni bekor qildi. VARdan so‘ng Marko Kolakovich ofsayd holatida ekani tasdiqlandi.
Shu tariqa “Paxtakor” jamoasi 2025 yilgi O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.


