1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Peruning sobiq prezidenti 14 yilga qamaldi

U 2011–2014-yillarda tender jarayonlarida korrupsiyaga qo‘l urganlikda ayblanmoqda.

Peruning sobiq prezidenti 14 yilga qamaldi

 

Peru Respublikasi sudi mamlakatning sobiq prezidenti Martin Vizkarraga nisbatan korrupsiya ayblovlari bo‘yicha hukm chiqardi. Sud qaroriga ko‘ra, sobiq davlat rahbari 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

RPP radiostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, tergov Vizkarra 2011–2014-yillarda Moquegua regioniga rahbarlik qilgan davrida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun e’lon qilingan tenderlarda ishtirok etgan ayrim kompaniyalardan pora olganini aniqlagan.

 

Martin Vizkarra unga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etib, sud hukmini adolatsiz deb baholadi.

 

Ma’lumot o‘rnida, Martin Vizkarra 2018–2020-yillarda Peru Respublikasiga prezidentlik qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика