1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Pokiston ikki frontda jangga tayyor” — Xavozha Asif

Mudofaa vaziri Hindiston va Afg‘oniston bilan yuzaga kelishi mumkin mojaro holatiga tayyor ekanini ma’lum qildi.

“Pokiston ikki frontda jangga tayyor” — Xavozha Asif

Pokiston mudofaa vaziri Xavozha Asif mamlakatning ikki frontda — sharqda Hindiston va g‘arbda Afg‘oniston bilan to‘qnashuvga tayyor ekanini e’lon qildi. Bu bayonot Islomoboddagi portlash voqeasidan so‘ng ma’lum qilindi, deb xabar beradi Afghanistan International.

 

Vazir nutqida, “Biz sharqda Hindiston, g‘arbda Afg‘oniston bilan to‘qnashishga tayyormiz. Birinchi jangda Xudo bizga yordam bergan, ikkinchisida ham yordam beradi”, degan.

 

Ekspertlar Pokistonning bunday bayonotlari mintaqaviy xavfsizlik va diplomatik vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Ushbu so‘zlar ikki qo‘shni davlat bilan munosabatlarda keskinlikni oshirishi mumkinligi aytilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика