1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Prezident: Barchamiz jahon savdo aloqalari zaiflashuvi, sanoat va logistika zanjirlari uzilishining salbiy taʼsirini bevosita his qilayapmiz

Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan Qo‘shilmaslik harakati Muloqot guruhi sammitida nutq so‘zladi.

Prezident: Barchamiz jahon savdo aloqalari zaiflashuvi, sanoat va logistika zanjirlari uzilishining salbiy taʼsirini bevosita his qilayapmiz

 

Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan Qo‘shilmaslik harakati Muloqot guruhi sammitida nutq so‘zladi. Prezident bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

 

 Davlat rahbari Qo‘shilmaslik harakatining maxsus monitoring va ilmiy tadqiqot tarmog‘ini tashkil qilishni taklif etdi va ushbu institutni O‘zbekistonda joylashtirishga tayyorligini bildirdi.

 

Shuningdek, afg‘on masalasi bo‘yicha algoritmni kelishish uchun BMT huzurida Xalqaro muzokaralar guruhini tashkil etish taklifini ilgari surdi.

 

Kun tartibidagi global masalalardan biri – davom etayotgan va yakuni hali ko‘rinmayotgan iqtisodiy inqiroz asoratlarini yumshatish sifatida Tashkilot sammitlari arafasida Qo‘shilmaslik harakati Iqtisodiy forumini muntazam o‘tkazib borish tashabbusini bildirdi.

 

Harakat Yoshlar tarmog‘ining “Cheksiz imkoniyatlar sammiti”ni kelgusi yil jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan ko‘hna Samarqandda tashkil etishni taklif etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика