1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident Koreyaning “SK Group” raisini qabul qildi

Uchrashuvda kompaniya bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida mis folga ishlab chiqarilishi qayd etildi.

Prezident Koreyaning “SK Group” raisini qabul qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 oktyabr kuni Koreyaning yetakchi «SK Group» kompaniyasi raisi, Koreya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbari Che Txe Von boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Uchrashuvda “SK Group” kompaniyasi bilan yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish, xususan, Toshkent viloyatida mis folga ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi istiqbolli loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Yarimo‘tkazgichlar sanoatida muhandislik kadrlarini tayyorlash va ilmiy izlanishlar o‘tkazish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

 

Koreya Savdo-sanoat palatasi ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarini ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilishda faol ishtirok etishi muhimligi qayd etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика