1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident Mirziyoyev va “BlackRock” rahbariyati bilan investitsiyaviy hamkorlik muhokama qilindi

Davosdagi uchrashuvda O‘zbekistonga yirik sarmoyalarni jalb etish masalalari diqqat markazida bo‘lmoqda.

Prezident Mirziyoyev va “BlackRock” rahbariyati bilan investitsiyaviy hamkorlik muhokama qilindi

 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davos shahriga amaliy tashrifi doirasida dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyalaridan biri — “BlackRock” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.


Uchrashuvda “BlackRock” bilan ilgari erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Prezident O‘zbekiston ochiq va uzoq muddatli investitsiyalarga tayyor ekanini ta’kidladi.


Tomonlar kompaniyaning O‘zbekistondagi muhim iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, “BlackRock”ning mamlakatdagi ayrim korxonalar kapitaliga kirishi va qo‘shma investitsiya mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish tashabbuslari muhokama qilindi.


Shuningdek, O‘zbekistonning investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida xalqaro ekspertiza va ilg‘or tajribani jalb etish masalalari qo‘llab-quvvatlandi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish va aniq loyihalar bo‘yicha ishlashni davom ettirishga kelishib oldilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика