1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tavallud kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari unga sog‘lik, farovonlik va Qirg‘iziston xalqiga ravnaq tiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tavallud kuni bilan tabrikladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va qardosh Qirg‘iziston xalqiga bardavom ravnaq tiladi.

 

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

 

Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan yutuqlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Barcha darajadagi aloqalar davom etmoqda. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi barqaror o‘sib bormoqda. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Faol madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuvlar olib borilmoqda.

 

Yirik strategik loyihalar, jumladan, “O‘zbekiston - Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘li va Qambarota GES-1 qurilishi doirasidagi ishlar davom etmoqda.

 

Yetakchilar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика