Davlat rahbari tashrif buyurgan Risolat G‘ulomova o‘z xonadonidagi 14 sotix tomorqaning 30 % imkoniyatidan foydalanyotgan edi, lekin mutasaddi tashkilotlar ko‘magida tomorqaga olma va tok ko‘chatlari, ularning orasiga turli ko‘katlar ekildi. Shuningdek, ikki sotixli issiqxona qurib, u yerga 30 tup limon, qator oralarida esa pomidor va qulupnay ekildi.
Xalqimiz o‘z hayotida sezishi uchun hamma ishlarni mahallada tashkil qilayapmiz. Endi davlat idoralarining butun imkoniyatlarini har bir ko‘chaga, xonadonga olib kiramiz. Masalan, mahallaga biriktirilgan bank mablag‘ berish bilan birga odamlarning dunyoqarashini ham o‘zgartiradi. Maqsadimiz xalqning daromadini oshirish, boy qilish, - dedi Shavkat Mirziyoyev
Sayxunobodliklar tomorqadan bunday keng foydalanishga katta qiziqish bildirishdi, mutasaddilar bu tajribani kengaytirishga vaʼda berdi.


