1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident Yangi Toshkentda yangi ko‘prik va metro infratuzilmasi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Chirchiq daryosi ustidan barpo etilayotgan ko‘prik va metro bilan integratsiyalashgan avtoturargoh shahar transportini yengillashtiradi.

Prezident Yangi Toshkentda yangi ko‘prik va metro infratuzilmasi qurilishini ko‘zdan kechirdi

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari doirasida Chirchiq daryosi ustidan qurilayotgan yangi ko‘prik hamda metro bekati bilan birlashtirilgan avtoturargoh loyihasi bilan tanishdi. Mazkur obyektlar poytaxt va Yangi Toshkent o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi ko‘prik bir sutkada 40–50 mingta avtotransport vositasini o‘tkazish quvvatiga ega bo‘ladi. Qurilish ishlari joriy yil oxirida boshlangan bo‘lib, hozirda dastlabki bosqich amalga oshirilmoqda. Loyiha transport oqimini samarali boshqarish va harakat xavfsizligini oshirishga qaratilgan.

 

Qurilish jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohil hududlari ko‘kalamzorlashtiriladi, energiya tejamkor yoritish tizimlari o‘rnatiladi, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etiladi. Shuningdek, ko‘prik orqali ikki tasmali tramvay yo‘li o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Prezident bo‘lajak metro liniyasining avtoturargoh bilan integratsiyalashgan bekati qurilishi bilan ham tanishdi. 21 kilometr uzunlikdagi yangi metro liniyasi 9 ta bekatdan iborat bo‘lib, kuniga 230 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Davlat rahbari loyihalarning strategik ahamiyatini ta’kidlab, qurilish ishlarini belgilangan muddatda va yuqori sifatda yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика