1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Propan narxi 18 foizga arzonladi — Raqobat qo‘mitasi

Narxni sunʼiy oshirgan 92 ta korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Propan narxi 18 foizga arzonladi — Raqobat qo‘mitasi

 

Propan narxlarini barqarorlashtirishga qaratilgan choralar natijasida birja savdolarida ushbu yoqilg‘i turi bo‘yicha o‘rtacha narxlar 9,3 mln so‘mdan 7,8 mln so‘mgacha pasaydi. Bu 18 foizlik arzonlashuvni anglatadi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati suyultirilgan gaz realizatsiyasi yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

 

Qo‘mitaning maʼlum qilishicha, 2025 yil noyabr–dekabr oylarida hamda joriy yilning yanvar oyida propanning birja savdolarida boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish, shuningdek, mahsulot hajmlarini sunʼiy ravishda savdolarga chiqarmaslik orqali raqobatga zid bo‘lgan muvofiqlashtirilgan harakatlar alomatlari aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan 92 ta import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan monopoliyaga qarshi ish qo‘zg‘atilgan. Jumladan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5 ta,
  • Andijon viloyati — 7 ta,
  • Buxoro viloyati — 3 ta,
  • Farg‘ona viloyati — 13 ta,
  • Namangan viloyati — 4 ta,
  • Qashqadaryo viloyati — 5 ta,
  • Samarqand viloyati — 17 ta,
  • Sirdaryo viloyati — 4 ta,
  • Toshkent shahri — 21 ta,
  • Toshkent viloyati — 1 ta,
  • Xorazm viloyati — 12 ta subyekt.

 

Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi chakana savdoda propan narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish maqsadida yoqilg‘i quyish shoxobchalarida doimiy monitoring olib borilayotganini bildirdi.

 

Avvalroq Raqobat qo‘mitasi metan gazi narxlarinini asossiz oshirish bo‘yicha ish qo‘zg‘atgani xabar qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика