1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Putin bilan yuzma-yuz uchrashishga tayyorman”

Zelenskiy Oq uydagi muzokaralardan so‘ng brifing o‘tkazdi.

“Putin bilan yuzma-yuz uchrashishga tayyorman”

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urushni tugatish uchun Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashishga tayyorligini bildirdi. Bu haqida u Oq uyda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng birifingda maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bu uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tadigan bo‘lsa, prezident Tramp ham muzokaralarga qo‘shilishi mumkin.

 

“Putinning men bilan uchrashuvga rozi bo‘lishi nomaʼlum, buning uchun Qo‘shma Shtatlarning bosimi zarur. Chunki Kreml bu borada noaniq bayonotlar berib, faqat muzokaralar darajasini “ko‘tarish niyati” haqida xabar bermoqda”, degan Ukraina yetakchisi.

 

Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha tafsilotlar o‘n kun ichida ishlab chiqiladi. Jumladan, Kiyev bu doirada mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy yordam olmoqchi.

 

“Hududlar masalasi bu men bilan Putin o‘rtasida muhokama qilinadigan masala”, deydi Zelenskiy.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика