Rossiya prezidenti Vladimir Putin sentyabr boshida Hindistonda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashmaydi. Bu haqda Kreml spikeri Dmitriy Peskov brifingda aytib o‘tdi.
“Prezidentning bunday rejalari yo‘q. Sayohat hozir kun tartibida emas”, - dedi u jurnalistlarga.
Peskov Putin Janubiy Afrikadagi BRIKS sammitida masofadan turib ishtirok etganini esladi.
“Endi jadval haqiqatdan ham band. Asosiy eʼtibor “maxsus harbiy operatsiya”ga qararilgan”, deya qo‘shimcha qildi Kreml matbuot kotibi.
Xabaringiz bor, Putin Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish uchun order bergani sababli Janubiy Afrikadagi BRIKS sammitida bevosita ishtirok eta olmadi.
G20 sammiti 9-10 sentyabr kunlari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tishi kerak va bundan avval Kreml Putinning Hindistonga safariga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.
Avgust oyida Putinning Turkiyaga tashrifi rejalashtirilgan edi, biroq u bekor qilindi.


