Xalqaro xavfsizlik forumida so‘zlagan nutqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi davom etayotgan mojaroda G‘arbni aybladi.
Uning Aytishicha, NATO foyda olish uchun yangi mojarolarni qo‘zg‘atmoqda.
“Olovga moy quyish siyosati nimaga olib kelayotgani Ukraina misolida yaqqol ko‘rinib turibdi. Neonatsistlar tuzumiga milliardlab dollarlar qo‘shish, uni asbob-uskunalar, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar bilan taʼminlash, o‘z kuchlarini yuborish harbiy maslahatchilar va yollanma askarlar yuborish orqali mojaroni yana-da kuchaytirmoqda hamda unga boshqa davlatlarni jalb qilish uchun hamma narsa qilinmoqda”, — deydi Putin.
Anjumanda Rossiyada tashrif bilan bo‘lgan Xitoy Mudofaa vaziri Li Shangfu ham so‘zga chiqdi. Li ochiq muloqot va kelishmovchiliklarni bartaraf etish muhimligini qayd etdi.
Mudofaa vaziri Xitoy tinchlik va muzokaralarni rag‘batlantirish tarafdori ekanini taʼkidladi.


