Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi hukumati va Yoqutiston respublikasi rahbariga o‘rmon yong‘inlarini oldini olish uchun yog‘inlarni sun’iy ravishda chaqirish bo‘yicha chora tadbirlarni amalga oshirish va buni shu mavsum amalda qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot joriy yilning 15 dekabrida topshirilishi belgilab qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Sibir o‘rmonlaridagi yong‘inlar Rossiya tarixida misli ko‘rilmagan zararlarni olib kelgan. Aholi va yong‘inni bartaraf etish tuzilmalari o‘rmondan uzoqda joylashgani uchun yong‘inlarni o‘chirish imkoni bo‘lmagan. Ushbu yil aprel oyidagi anomal issiq kunlar Rossiya sharqida har doimgidan oldinroq o‘rmon yong‘inlarini alanga olishiga olib kelgan.
Rossiya hukumati tomonidan o‘rmonlarda yong‘inni o‘chirish uchun samolyotlar yordamida havoni sovutish usuli orqali yomg‘ir yog‘dirishi texnologiyasini qo‘llash rejalashtirilmoqda. Ammo bu usulni qo‘llashga qarshilar ham bor.
Mutaxassislar fikricha, samolyotlar yordamida havoni sun’iy sovutish orqali yomg‘ir yog‘dirish, qo‘shnilarda qurg‘oqchilikni kuchaytiradi. Moskvada o‘tkazilgan parad tadbirlarida shunga o‘xshash hodisa qayd etilgan.


