Qarzdor fuqaro MIB xodimini temir bo‘lagi bilan urib, kaltakladi
Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari sud va boshqa vakolatli organlar qarorlarini ijro etadi. Ushbu qarorlardan norozi bo‘lgan fuqarolar sudga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi va bu haqida ularga tushuntiriladi. Ammo baʼzida qarzdorlar buni bilishsa-da, o‘z alamini davlat ijrochilaridan olmoqchi bo‘lishadi. Qarzdor fuqaro E.Sadinov ham shu yo‘lni tanladi.
