Kecha, 13 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi choyxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 21:22 larda Ko‘kdala tumani FVB dispetcherlik xizmatiga “Xo‘jaobod” MFY Xo‘jaobod qishlog‘i hududida joylashgan yangi qurib bitkazilgan choyxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, yong‘inga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, soat taxminan 21:25 larda voqea joyiga yetib borgan va soat taxminan 22:30 larda to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Tadbirkor S.T.ga qarashli choyxonaning 260 metr kvadrat maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


