1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda eshak so‘yganlar haqida xabar qilgan ayol kaltaklandi

Holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda eshak so‘yganlar haqida xabar qilgan ayol kaltaklandi

 

Gʻuzor tumani Abduhamid qishlog‘idagi xonadonda eshak so‘yilayotgani haqida xabar qilgan murojaatchi Sh. Astanaqulova kaltaklandi, deya xabar bermoqda “Nasafnews” nashri. 

 

Qayd etilishicha, voqea murojaatchi qo‘shnisining eshak so‘ygani haqida OAVga xabar qilgandan so‘ng sodir bo‘lgan. Eshak so‘ygani aytilayotgan xonadon bekasi Sh. Astanaqulovani urib, tan jarohati yetkazgan. Boshqa qo‘shnilar ikki qo‘shnining janjalini to‘xtatib qolishgan. Ayni paytda kaltaklangan murojaatchi shifoxonaga murojaat qilgan va o‘sha yerda davolanmoqda.

 

“Juda xavotirdaman. Uyda farzandlarim bor. Ularni ham urib ketishlaridan qo‘rqyapman”, — degan murojaatchi.

 

Tuman IIB holatga rasmiy munosabat bildirib, voqea joriy yilning 28-may kuni yuz berganini va “Eshonquduq” MFY hududida yashovchi  S. G. va  A. Sh. lar o‘zaro janjanlashib, bir-biriga tan jarohat yetkazganini ma’lum qildi. 

 

“Mazkur holat yuzasidan Gʻuzor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. O‘rganish yakuni bilan qo‘shimcha axborot beriladi”, — deyiladi IIB xabarida.

 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kuni oldin Gʻuzor tumani Abduhamid qishlog‘idagi xonadonlardan birida eshaklar so‘yilayotgani xabar qilgandi.  Shundan so‘ng holat yuzasidan hududga mas’ul bo‘lgan IIB xodimlari, MFY raisi va xotin-qizlar faoliga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика