1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda g‘alla maydoniga o‘t ketdi

Holat yuzasidan viloyat FVB maʼlumot berdi.

Qashqadaryoda g‘alla maydoniga o‘t ketdi

 

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

 

27 may kuni soat 15:11 larda Kitob tumani FVB ga “Zarafshon” MFY Minjil qishlog‘ida joylashgan “Ayoqchi” fermer xo‘jaligiga qarashli ochiq dalada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.  Yong‘inga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan va soat 15:58 larda voqea joyiga yetib borib, yong‘inni 16:50 larda bartaraf etgan.

 

Yong‘in oqibatida fermer xo‘jaligiga qarashli taxminan 1 gektarga yaqin g‘alla maydoni zarar ko‘rgan.

 

Mahalliy aholi va yong‘in-qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari bilan ekin maydonga yondosh bo‘lgan qariyb 15 gektar ekin maydoni yong‘indan saqlab qolingan. Hozirda yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика