1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Qashqadaryoda ilk bor yuqori texnologiyali kardioxirurgik amaliyot o‘tkazildi

Operatsiya tug‘ma yurak nuqsonidan aziyat chekib kelgan bolalarda bepul amalga oshirildi.

Qashqadaryoda ilk bor yuqori texnologiyali kardioxirurgik amaliyot o‘tkazildi

 

Qashqadaryo bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining yangi bo‘limida ilk yuqori texnologiyali kardioxirurgik amaliyotlar o‘tkazildi. Bir muddat oldin Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Qashqadaryoga xizmat safari chog‘ida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, bu yerda yo‘lga qo‘yilayotgan bolalar kardiojarrohligi bo‘limi faoliyati bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

 

Kuni kecha markazda dastlabki ikki yuqori texnologiyali operatsiya bajarildi. Qashqadaryoda bu yo‘nalishdagi ilk operatsiyalar tug‘ma yurak nuqsonidan aziyat chekib kelgan besh yoshli Umidjon va uch yoshli Zehniyada bepul o‘tkazildi. Ularda “Yurakda ochiq yuqori texnologiyali operatsiya, sunʼiy qon aylantirish uskunasi yordamida nuqsonni plastika qilib yopish” amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Ayni paytda bolalarning ahvoli juda yaxshi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика