Qashqadaryoda qaynotasining miltig‘idan o‘zini otib qo‘ygan kelin vafot etdi.
Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 22 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida kelinning qaynotasi Q.N. ov qurolini hovlisining molxonasi yonida unutib qoldirgan. Soat 14:30 atrofida Q.N.ning kelini M.J. molxonani tozalash uchun kirgan vaqtida ehtiyotsizlik qilib qurolni seyfga joylamoqchi bo‘lganida miltiq otilib ketgan va o‘q ayolning boshiga tegib uni jarohatlagan. Oqibatda ayol voqea joyida halok bo‘lgan.
Mazkur holatda yuzasidan Q.N.ga nisbatan JKning 249-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Yakkabog‘ tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limiga yuborilgan.


