Bugun, 4-sentabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.
Avtohalokat soat 12:55 larda 4R-79 Qarshi–Chim–Chiroqchi–Shahrisabz avtomobil yo‘lining Qamashi tumani “Chim” MFY hududidan o‘tuvchi qismida yuz bergan. Haydovchi R.F. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Neksiya–2 rusumli avtomobilini boshqarib borib, oldinda o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘lni o‘ng tomonidan velosipedda harakatlanib ketayotgan piyoda O.A.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda O.A. tan jarohati olib, tuman shifoxonasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB TG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


