1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda sudya pora bilan qo'lga tushdi

Sudyalar oliy kengashi xabariga ko‘ra, uning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.

Qashqadaryoda sudya pora bilan qo'lga tushdi

 

Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining sudyasi A.B. 200 AQSH dollari miqdorida pora olayotganda ushlangan. Bugun Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokurorning fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A. B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi, deyiladi kengash matbuot xizmati xabarida.

 

Yakunda Kengash xulosasi bilan A. B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi. Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика