1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda tojik kavragi o'simligiga zarar yetkazildi

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan o'simlikning ildiz qismlari kavlanishi oqibatida tabiatga 372 mln so'm zarar yetkazilgan.

Qashqadaryoda tojik kavragi o'simligiga zarar yetkazildi

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining xabar berishicha, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida tuman Ekologiya bo'limi ishchi guruhi tomonidan tezkor reyd tadbiri o'tkazildi.

 

Reyd davomida "Sebatli" massivi hududida tadbirkorlik subyekti tomonidan 753 tup tojik kavragi o'simligiga zarar yetkazilganligi, ildiz qismlari kavlanib, kesilganligi aniqlandi.

 

Oqibatda o'simlik dunyosiga jami 372 million 735 ming so'm zarar yetkazilgan. Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar to‘planib, prokuraturaga yuborildi.

 

Ma'lumot uchun, tojik kavragi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика