1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryodagi avtohalokatda 9 kishi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi

IIV avtohalokatda faqat bir kishi vafot etganini tasdiqladi.

Qashqadaryodagi avtohalokatda 9 kishi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning G‘uzor tumanida yuz bergan avtohalokat oqibatida 9 kishi halok bo‘lgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi mazkur ma’lumotni rasmiy ravishda rad etdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryodan Toshkentga yo‘l olayotgan Cobalt avtomobili G‘uzor tumani hududida Nexia-2 bilan to‘qnashgan. Hodisa natijasida jami 6 nafar fuqaro shifoxonaga yetkazilgan bo‘lib, ulardan biri olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan, qolgan bemorlarga esa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Yo‘l harakati qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика