1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryodagi tug‘uruqxonada “svet” o‘chib, chaqaloqlar sovuqda qolgani aytildi

Holatga SSV munosabat bildirdi.

Qashqadaryodagi tug‘uruqxonada “svet” o‘chib, chaqaloqlar sovuqda qolgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi shifoxonada chaqaloqlar muzlayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Chiyali bo‘linmasida, yaʼni qishloq uchastka shifoxonasida 2022-yil 11-dekabr kuni soat 03:30 da elektr energiyasida uzilish kuzatilgan. Ammo issiqlik taʼminotida uzilish bo‘lmagan.

 

Shifoxonada 4 kun avval jami 7 nafar ayol farzandli bo‘lgan, 11-dekabr soat 12:00 da ularning 6 nafariga uyga javob berilgan. 1 nafar ayol chaqalog‘i bilan Ko‘kdala tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga ko‘chirilgan. Hozirda ona va bolalarning salomatligi yaxshi, shifokorlar nazoratiga olingan.

 

Ayni paytda shifoxonada elektr taʼminoti tiklanib, muassasa qo‘shimcha elektr generatori bilan taʼminlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика