1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘iziston Falastinga 5 tonnadan ortiq gumanitar yordam yubordi

Unga oziq-ovqat, ichimlik suvi, choyshab va poyabzal kiradi.

Qirg‘iziston Falastinga 5 tonnadan ortiq gumanitar yordam yubordi

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston Rossiya Federatsiyasi ko‘magida Falastinga 5,5 tonna gumanitar yordam jo‘natdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, “Mir 24” nashri xabar berdi.

 

Bildirilishicha, kerakli tovarlar va oziq-ovqat Rossiya hududidan sotib olingan va shundan so‘ng yuk Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi samolyoti bilan yetkazilgan. Gumanitar yordamga oziq-ovqat, ichimlik suvi, choyshab va poyabzal kiradi.

 

Barcha yuklar G‘azo sektori aholisiga insonparvarlik yordamini jo‘natadigan Misr Qizil yarim oy jamiyatiga o‘tkazilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика