1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yana otishma bo‘ldi

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston tomonidan qurbonlar yo‘q. Tomonlar telefon orqali muloqot qilgan va yuzma-yuz uchrashish rejalashtirilgan.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yana otishma bo‘ldi

 

Qirg‘iziston chegara xizmatining maʼlum qilishicha, 14 sentyabr kuni ertalab Botken tumanining Buloqboshi qishlog‘idagi chegara uchastkasida tojikistonlik chegarachilar avvalgi kelishuvlarni buzgan holda jangovar pozitsiyalarni egallagani aniqlangan

 

Xabarga ko‘ra, qirg‘iz tomonining hududni tark etish haqidagi qonuniy talablariga eʼtibor bermay, tojik chegarachilari o‘t ochgan. Bunga javoban qirg‘iz chegarachilari ham o‘t ochgan. Chegara xizmati Tojikiston tomoni minomyotlardan foydalanganini daʼvo qilmoqda.

 

«2022 yil 14 sentabr kuni soat 09:30 (Toshkent vaqti bilan 08:30) holatiga ko‘ra, otishmalar goh boshlanib, goh to‘xtab turibdi», — deyiladi chegara xizmati xabarida.

 

Maʼlumot uchun: Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi vaqti-vaqti bilan ikki mamlakat mahalliy aholisi va chegarachilari o‘rtasidagi nizolar hududiga aylanib turadi. Bunga sabab delimitatsiya qilinmagan yerlar bo‘lib, u yerlarda davlatlar o‘rtasidagi chegara qayerdan o‘tishini aniqlab bo‘lmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика