1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirollik oilasining eng mashhur a'zosi nomi aniqlandi

Yangi so'rovnoma britaniyaliklar orasida o'tkazilgan.

Qirollik oilasining eng mashhur a'zosi nomi aniqlandi

 

Yangi so'rovnomalar natijasida Britaniya qirollik oilasining eng mashhur a’zolari ro‘yxati tuzildi. Bu haqda  "The Sun" yozmoqda. 

 

 

Shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton 2 000 britaniyalik o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, qirollik oilasining eng mashhur a’zolari hisoblanadi. Ular  23% va 20% ovoz oldi.

 

Uchinchi o‘rinni qirol Charlz III, to‘rtinchi o‘rinni esa uning singlisi malika Anna band etdi. Ularning ikkalasi ham 19% ovoz to'plagan.

 

Shahzoda Garri beshinchi o'rinni egalladi. Malika Sofiya oltinchi, qirolning turmush o'rtog'i  Kamilla esa yettinchi o'rinda. 

 

Eslatib o'tamiz, shahzoda Garrining rafiqasi Megan Markl Tomas qirolicha Yelizaveta II'ning vafotidan keyin kelishmovchiliklarni bartaraf etishga umid qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика