Qo‘qon shahrida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “X.F.” MCHJ dorixonasi boshqaruvchisi X.I. 100 dona kapsuladagi “Gabapentin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.X.ga 600 ming so‘mga sotganligi aniqlanib, ushbu dorixonada o‘tkazish maqsadida saqlanib kelingan 50 dona “Gabapentin” hamda tarkibida psixotrop moddasi mavjud bo‘lgan 790 dona dori vositasi ashyoviy dalillar sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


