1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda qidiruvdagi mashina masjid yonidan topildi

Maʼlum bo‘lishicha, bankdan qarzdor fuqaro o‘ziga tegishli mashinani yashirib kelgan.

Qoraqalpog‘istonda qidiruvdagi mashina masjid yonidan topildi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2024-il 23-may kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor N.B.dan undiruvchi ATB “Kapitalbank” Nukus filiali foydasiga 118 mln so‘m kredit qarzini undirish belgilangan.

 

Ijro harakatlari davomida qarzdorning nomida “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlanib, uni xatlovga olish maqsadida qarzdor joylashgan manzilga bir necha marotaba borilganida, mulk ushbu manzilda bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

 

Bo‘lim inspektori Sh.Imalatdinov tomonidan Byuroning Chimboy tuman bo‘limi davlat ijrochisi bilan birgalikda olib borilgan harakatlar natijasida qarzdorga tegishli bo‘lgan avtomashina Chimboy tumanida joylashgan masjid yonidan topilgan.

 

Qarzdor tomonidan ko‘rsatilgan qarshiliklarga qaramasdan avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yilgan va joriy yilning 24-noyabr kuni elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика