1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qorli ob-havo sabab Toshkent xalqaro aeroportida ayrim reyslar vaqti o‘zgarishi mumkin

Bunga samolyotlarga muzlashga qarshi ishlov berilishi sabab bo‘lishi mumkin.

Qorli ob-havo sabab Toshkent xalqaro aeroportida ayrim reyslar vaqti o‘zgarishi mumkin

 

Toshkent xalqaro aeroportida qor yog‘ishi sababli ayrim reyslarning uchib ketish vaqtlarida qisqa muddatli o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, samolyotlarni parvozga tayyorlash jarayonida muzlashga qarshi maxsus ishlov berilishi reyslarning jo‘nab ketishida kechikishlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.

 

Shu bilan birga, parvozlar jadvalidagi o‘zgarishlar aeroportda yo‘lovchilar tomonidan parvozoldi tekshiruv va rasmiy jarayonlardan o‘tish muddatlariga ta’sir ko‘rsatmasligi, ushbu jarayonlar amaldagi me’yor va talablarga muvofiq belgilangan vaqtda amalga oshirilishi ta’kidlandi.

 

Ma’lumot uchun, avvalroq joriy yilning 15-dekabr kuni Jidda–Toshkent yo‘nalishida parvoz qilayotgan havo kemasi Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat ob-havo sharoiti bilan bog‘liq bo‘lmay, parvoz vaqtida yoshi katta ayol yo‘lovchining sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sababli sodir bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика