1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qozog‘iston aholisi O‘zbekistonda yondirilayotgan axlattepalar tutunidan azob chekmoqdami?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qozog‘iston aholisi O‘zbekistonda yondirilayotgan axlattepalar tutunidan azob chekmoqda” nomli xabarda keltirilgan fikrlar bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi quyidagilarni maʼlum qildi.

Qozog‘iston aholisi O‘zbekistonda yondirilayotgan axlattepalar tutunidan azob chekmoqdami?

Toshkent tumanidagi maishiy chiqindi poligoni “Oqtom” MFYda joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 10 gektardan iborat. 2010 yilda tashkil etilgan poligonda 43 120 tonna chiqindi mavjud.

Poligon 2020 yilda davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish uchun “ZANGIOTA OBODON” MCHJ ixtiyoriga o‘tkazilgan. Bitim doirasida ushbu poligon 10 yil muddatga beg‘araz foydalanish uchun berilgan.

Poligonda chiqindilarni saralash liniyasi (300 t/yil) o‘rnatilgan.

O‘zbeksiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 apreldagi PQ-4291-son qarori bilan tasdiqlangan “Qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiya”siga muvofiq, mazkur poligon faoliyatini to‘xtatish, rekultivatsiya qilish, ustini tuproq qatlami bilan yopish hamda hokimiyat yer zaxirasiga topshirish ko‘zda tutilgan. Tumanda hosil bo‘ladigan chiqindilar esa Yangiyo‘l tumanidagi chiqindi poligoniga joylashtiriladi.

Hozirda ushbu poligonda chiqindilar tutashini bartaraf etish maqsadida joriy yilning 7 avgust kunidan eʼtiboran 3 ta buldozer, 1 ta avtoyuklagich hamda 2 ta samosval texnikalari jalb qilingan. Ushbu texnikalar yordamida poligonni rekultivatsiya qilish va ko‘mish ishlari olib borilmoqda.

Poligondagi chiqindilarni o‘z vaqtida rekultivatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirmagani va chiqindi yonishining olidini olmaganligi uchun “ZANGIOTA OBODON” MCHJ rasmiy ogohlantirildi.

Kelgusida bunday holat takrorlanmasligi uchun poligon faoliyati Davlat ekologiya qo‘mitasining Toshkent viloyat inspeksiyasi tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика