Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xalqaro narkotik kontrabandasi kanalini fosh etish bo‘yicha yirik operatsiya o‘tkazdi. Natijada mamlakat tarixida ilk bor og‘irligi 13 tonnadan ortiq bo‘lgan kokain partiyasi qo‘lga olindi.
MXK matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Olmaota shahrida 13 tonna 183 kilogramm miqdoridagi narkotik moddalar musodara qilingan. Mazkur yuk Qozog‘iston hududi orqali uchinchi davlatlarga tranzit qilinishi rejalashtirilgan edi.
Operatsiya davomida narkotik kanalini tashkil etishda gumonlangan ikki nafar xorijiy shaxs qo‘lga olinib, qamoqqa olingan. Ular ustidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 297-moddasi 3-qismi doirasida tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


