1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin

Qonun loyihalarida foydalanuvchilarning yoshini aniqlash uchun maxsus tekshiruv mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, talablarni buzgan platformalar va shaxslar uchun javobgarlik choralarini belgilash nazarda tutilgan.

Qozog‘istonda bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin

 

 

Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash rejalashtirilmoqda. Bu borada tegishli idoralar maxsus qonun loyihalarini ishlab chiqqan bo‘lib, tashabbus bolalarni zararli kontentdan himoya qilishga qaratilgan. Bu haqda QRN news xabar bermoqda.

 

Madaniyat va axborot vaziri, Bosh vazir o‘rinbosari Aida Balayevaning aytishicha, vazirlik onlayn platformalar va OAV faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar paketini tayyorlagan. Unga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish rasman taqiqlanishi mumkin.

 

Qonun loyihalarida foydalanuvchilarning yoshini aniqlash uchun maxsus tekshiruv mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, talablarni buzgan platformalar va shaxslar uchun javobgarlik choralarini belgilash nazarda tutilgan. Hozirda hujjatlar ekspertlar muhokamasidan o‘tib, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar bolalar va o‘smirlarni ekstremistik g‘oyalar, kiberhujumlar hamda internetdagi zararli kontentdan himoya qilishga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика