1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qozog‘istonda kuchli o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda

Tabiiy ofat sabab 43 ming gektar maydonga zarar yetgan.

Qozog‘istonda kuchli o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda

 

Kecha, 2-sentabr kuni Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyatida boshlangan yirik o‘rmon yong‘inlari sabab 43 ming gektar maydonga zarar yetdi. Bu haqda Favqulolodda vaziyatlar vaziri xabar qildi.

 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat 106 mingta o‘rmon resurslarini qamrab olgan. Yong‘in ko‘lami issiq havo va kuchli shamol tufayli kengayib bormoqda.

 

Hodisa oqibatida evakuasiya kilinishdan bosh tortgan 86 yoshli nogiron kishi vafot etgan, 10 kishi jarohatlangan. Shuningdek, 108 ta bino vayron bo‘lgan. 

 

Hozirgacha 1,8 mingdan ortiq mahalliy aholi xavfsiz joyga ko‘chirildi. Turarjoy binolariga yong‘in tarqalishining oldini olish maqsadida uchta jangovar hudud tashkil etilgan.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика