1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda kuchli sovuq oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida gipotermiya holatlari qayd etildi, Ostona atrofida yo‘llar yopildi.

Qozog‘istonda kuchli sovuq oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

 


Qozog‘istonning G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 15-dekabr kuni kuzatilgan keskin sovuq harorat oqibatida uch nafar erkak gipotermiya sababli hayotdan ko‘z yumdi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, hodisa havo harorati me’yordan ancha past bo‘lgan sharoitda sodir bo‘lgan.


Ma’lumotlarga ko‘ra, marhumlar sovuqdan muzlab qolgan va tibbiy yordam yetib kelguniga qadar ularning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Mutasaddi idoralar aholini ochiq havoda uzoq vaqt qolmaslikka va xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etishga chaqirmoqda.


Noqulay ob-havo sharoitlari tufayli poytaxt Ostona shahrida ham transport harakatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Xususan, 15-dekabr kuni soat 14:00 dan boshlab shahar chiqishidagi magistral yo‘llarda barcha turdagi transport vositalari harakati to‘xtatildi. Rasmiylar cheklovlar ob-havo yaxshilangach bekor qilinishini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика