1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rasman: Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyat hokimi etib tasdiqlandi

Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Urganch shahrida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Rasman: Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyat hokimi etib tasdiqlandi

 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Prezident Xorazm viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Rahimov Jo‘rabek Rahimovich nomzodini tavsiya etdi.

 

Nomzod viloyatda aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, sanoatni rivojlantirish, energetika quvvatlarini oshirish, ijtimoiy masalalarni hal etish, mahallada yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi.

 

So‘ng Xorazm viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Jo‘rabek Rahimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.

 

Ayni paytda sessiyada viloyatni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinmoqda, kelgusi reja va vazifalar belgilab olinmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика