1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Real” Asensioni sotmoqchi

Klub futbolchi uchun 30 million yevro talab qilmoqda.

“Real” Asensioni sotmoqchi


Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Marko Asensio transferidan 30 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda, deb yozdi jurnalist Ekrem Qo‘ng‘ir o‘zining Тwitterdagi sahifasida.


Avvalroq, 26 yoshli Asensio asosiy tarkibga kirish uchun raqobat kuchaygani uchun ispan jamoasini tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Marko Asensioning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi. "Real Madrid" taklif qilayotgan shartlar futbolchiga mos kelmagani va kelasi yozda u Madrid klubini erkin agent sifatida tark etishi mumkinligi ma’lum qilingandi.


Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda "Real" safida barcha turnirlar doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt 26 yoshli ispaniyalik futbolchining narxini 40 million yevroga baholamoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика